«Futbol festivali»



Konimex tuman 16 — umumiy o’rta ta’lim maktabi
Joriy yilning dekabr oyida futbol sport to’garagi ishtirokchilari bo’lgan 10 nafar o’quvchimiz hamda jismoniy tarbiya uslub birlashmasi rahbari G’afforov J.J. birgalikda Navoiy shahrida Jahon tasnifidagi sportning futbol turi bo’yicha hakam Ravshan Ermatov bilan o’tkazilgan «Futbol festivali»da ishtirok etishdi.


Ushbu uchrashuvda yoshlarni sport bilan yaqindan oshno bo’lishlari va sog’lom turmush tarzini tashkil qilish qolaversa sport turlari bo’yicha Jahon arenalarida yuqori natijalar ko’rsatib O’zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz haqida davra suhbatlari ham uyushtirildi.

«Men ham kelajakda ovoz beraman.»


Konimex tumani 16 — umumiy o’rta ta’lim maktabi.
2019 yil 22 dekabr kuni bo’lib o’tadigan saylovlar haqida maktabning bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan birgalikda
«Men ham kelajakda ovoz beraman» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida maktab rahbari Rahmanova N.K. maktab MMIBDO»lari Yeleushinova I.R., Buranova M.X. hamda bitiruvchi sinf rahbarlari Abdiyev A.Sh. va Rahmatova Yu.A.lar ishtirok etishdi.

«Konstitutsiya — baxtimiz poydevori!»


«8 — dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun»ning 27 yilligi munosabati bilan boshlang’ich sinf o’qituvchisi Djumabayeva Dilshat Erejepovna boshlang’ich sinf o’quvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularda Vatanparvarlik ruhini tarbiyalashga yo’naltirilgan «Konstitutsiya — baxtimiz poydevori!» mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

«Konstitutsiya — qomusimiz, faxrimiz!»


2019 yil 7 — dekabr sanasida 16 — umumiy o’rta ta’lim maktabida «8 — dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun»bosh qomusimiz qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Ushbu sana munosabati bilan Maktab direktori Rahmanova N.K. yig’ilganlarni tabrikladi hamda joriy o’quv yilining o’tgan 3 oylik natijalariga ko’ra bir guruh o’qituvchilar «Faxriy yorliq»lar bilan taqdirlanishdi.

«Ёш таржимон»


Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 10 — декабрдаги «Чет тилларни ўрганиш тизимини янада такомиллаштириш чора — тадбирлари тўғрисида»ги ПҚ 1875 — сонли қарорида белгиланган вазифалар, умумтаълим мактаб ўқувчиларини ўрганаётган чет тили бўйича эгаллаган билим, кўникма ва малакаларини мулоқот жараёнида қўллай олишга ўргатиш, иқтидорли ва қобилиятли ўқувчиларни аниқлаш, қўллаб — қувватлаш, уларнинг инглиз, немис ва франсуз тилларидан сўз бойлигини орттириш, интеллектуал салохиятларини ошириш ва бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш, «Умумтаълим мактабларининг 2 — 3 — 4 синфларида чет тиллари ўқитилишини янада яхшилаш хамда вилоят халқ таълими бошқармасининг 2019 йил 7 ноябрдаги 215 — сонли ва 2019 йил 9 ноябрдаги 327 — сонли туман халқ таълими бўлими мудирининг буйруқлари ижросини таъминлаш юзасидан ташкил этилган «Ёш таржимонлар» интеллектуал мусобақасининг туман босқичида мактабимизнинг 2 — 3 — 4 — синф ўқувчилари иштирок этишиб фахрли 1 ўринни ҳамда вилоят босқичида иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритишди.

«Ёшлар ўртасида жиноятчиликнинг олдини олиш» мавзусида «Ёш делегат» конференцияси


Халқ таълими вазирининг 2019 йил 23 февралдаги «Умумтаълим мактаб ўқувчилари учун Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг симуляцион «Ёшлар ўртасида жиноятчиликнинг олдини олиш» мавзусида «Ёш делегат» конференциясининг вилоят, туман ва мактаб босқичларида мактабимиз ўқувчилари иштирок этишди.